Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig`ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Sal avval Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev sammitda ishtirok etish uchun Samarqandga kelgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqandga kelgan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokara o`tkazdi.






