AsosiyJamiyat

Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlar transport sohasida qanday hamkorlik qiladi?

'Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlar transport sohasida qanday hamkorlik qiladi?'ning rasmi

Qadim Samarqand shahri kelish nuqtasiga aylanmoqda nuqtasiga bo`sag`asiga aylanmoqda.

Xususan, ayni damda Turiy davlatlar tashkiloti sammiti oldi qator tadbirlar bo`lib o`tmoqda.

Jarayondan muxbirimiz Dilbar Abdunabievaning xabar berishicha, Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlarining sammiti davomida ikki hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Ular quyidagilar :

  •  O`zbekiston tomonidan ilgari surilgan “Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo davlatlar o`rtasida xalqaro aralash yuk tashish to`g`risida Bitim”.  
  • “O`zbekiston Respublikasi Transport vaziriligi tomonidan ishlab chiqilgan Transport sohasida o`zaro bog`liqlik dasturi”.

Transport vaziri o`rinbosari Jasurbek Choriev bo`lib o`tayotgan brifing davomida buni ma`lum qilgan.

"Mazkur hujjatlar va tashkil etiladigan uchrashuvlar turkiy davlatlar hududidan o`tuvchi transport yo`laklarini tizimlashtirish, ularning hududida transport harakatini ko`paytirishga ko`maklashish, transport yo`laklarining jozibadorligini oshirish, mamlakatlar transport infratuzilmasining ilg`or rivojlanishini rag`batlantirishga qo`l keladi", —deydi u.

    Boshqa yangiliklar