Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanida qurilishi boshlanish arafasida turgan yangi ko`p qavatli uy-joy binosi bo`yicha quruvchi-tadbirkor hamda ichki ishlar xodimi o`rtasidagi bahsli holat yuzaga kelgani tasvirlangan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Qurilish vazirligi mas`ullaridan iborat tezkor guruh vaziyatni o`rganish maqsadida mazkur hududga borib, holatni o`rganish olib borishgani ma`lum qilindi.
Deputat Rasul Kusherbaevning xabar berishicha, Chilonzordagi qurilish bo`lmaydigan bo`ldi.
"Kecha Chilonzor tumanining 10-mavzesidagi aholi e`tirozlariga sabab bo`layotgan qurilish masalasidagi uchrashuvda qatnashdim.
Ma`lum bo`lishicha, bu joyga ko`p qavatli uy qurish uchun kompensasiya o`rniga er olgan tadbirkor, shahar hokimi va qurilishga ruxsat beruvchi kengashga agar bitta fuqaro qurilishga norozi bo`lgan taqdirda, qurilishni darhol to`xtatib, erni topshirishga va`da berib, ruxsat olgan ekan. Tadbirkor kengashni aholi qurilishga rozi, deb ishontirgan.
Shahar hokimi J.Ortiqxo`jaev tadbirkorga bu va`dani eslatganidan so`ng, tadbirkor qurish rejasini to`xtatishini ayti va shu joyda masala yakunlandi.
Xullas ushbu joyda qurilish bo`lmaydigan bo`ldi" deb yozadi deputat.






