“Tolibon” delegasiyasi Moskvadagi Afg`oniston bo`yicha maslahat uchrashuvida ishtirok etmaydi. Zamon.uz' ning yozishicha, bu haqda RF Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma`lum qildi.
“Toliblar delegasiyasi bo`lmaydi, bu faqat Moskva formati a`zolari ishtirokida o`tkaziladi”, – degan diplomat.
Ma`lumot uchun, Moskva formatining navbatdagi uchrashuvi noyabr o`rtasida bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.
O`tgan safargi uchrashuvda Afg`oniston delegasiyasiga hukumat rahbarining o`rinbosari Abdul Salom Xanafiy boshchilik qilgandi.






