AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida Kampirobod suv ombori bo`yicha bitim imzolandi

'O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida Kampirobod suv ombori bo`yicha bitim imzolandi'ning rasmi

O`zbekiston TIV rahbari Vladimir Norovning Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev bilan uchrashuvi doirasida bir qator hujjatlar imzolandi.

Jumladan:
  
— O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalari to`g`risidagi shartnoma;  
  
— Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to`g`risidagi bitim;  
  
— O`zbekiston Suv xo`jaligi vazirligi va Qirg`iziston Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Suv resurslari xizmati o`rtasida suv xo`jaligi masalalari bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi bitim va boshqalar.

Shuningdek, uchrashuv chog`ida Prezident Shavkat Mirziyoevning Qirg`izistonga bo`ladigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko`rish masalasi ham muhokama qilindi.
 

    Boshqa yangiliklar