Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktabning 8-sinf o`quvchisi yuqori sinf o`quvchilari ayovsiz do`pposlagani aytilmoqda. Bu haqda Nasafnews ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, Qarshi shahridagi 27-maktabning 8-sinf o`quvchisini 9-sinf o`quvchilari maktab stadionida kaltaklagan.
Bola hozirda Qarshi shahridagi tez yordam markazida og`ir ahvolda qolmoqda. U og`ir jarrohlik amaliyotini boshdan o`tkazdi.
Holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berilmagan.






