AsosiyJamiyat

Qamashidagi ixtisoslashtirilgan maktabning sinfxonalariga yomg`ir yog`moqda (video)

'Qamashidagi ixtisoslashtirilgan maktabning sinfxonalariga yomg`ir yog`moqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tomidan chakki o`tayotgan maktab sinfxonasining videosi tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligining ma`lum qilishicha, 9-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning binosi yo`qligi sabab 2018 yildan boshlab Maktabgacha ta`lim vazirligi balansida bo`lgan O`zbekiston mahallasida joylashgan Qamashi Pedagogika kolleji binosida vaqtinchalik faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Maktabda 774 nafar o`quvchi o`qiydi. 2 noyabr kuni kuchli yomg`ir yog`ishi sabab binoning 3-qavatdagi bitta sinfxona tom qismidan suv o`tib ketgan.

Mas`ullar o`quvchilar uchun boshqa sinfxonadan sharoit yaratib berilgan. Aytilishicha, binoning tomi butun bo`lgan, tarnovlarda chiqindilar to`planib qolishi sababli kuchli yomg`ir natijasida suv binoning tom qismiga o`tib sinfxonaga chakki tomgan. Tuman xalq ta`limi bo`limi ekspluatasiya xodimlari tomonidan tarnovdagi suv yo`llari chiqindilardan tozalanib, holat bartaraf etilgan.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 1 noyabr kuni Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzakov raisligida o`tkazilgan videoselektorda Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida oddiy maktabni ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirish chog`ida mas`ullar tomonidan yo`l qo`yilgan o`zboshimchalik va o`z ishiga sovuqqonlik uchun tuman hokimiga hayfsan berilib, hokim o`rinbosari va xalq ta`limi bo`limi boshlig`i ishdan olingan edi.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar