Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi MChJ rahbari bankdan 500 mln so`m imtiyozli kredit olgan. U ushbu mablag`ga maishiy texnika jixozlarini sotib oladi.
So`ng texnikalarni sotib, mo`may daromadga ega bo`ladi. Biroq texnikalar sotuvidan tushgan pullarni kredit qarzdorligini so`ndirishga yo`naltirmasdan, o`z ehtiyojlari yo`lida ishlatib yuborgani aniqlandi.
Shu kabi, Namangandagi MChJlardan birini norasmiy boshqarib kelgan rahbarlar, MChJga tikuv dastgohlarini sotib olish uchun bankdan 170 mln so`m imtiyozli kredit olishga erishadi.
Ammo ular o`z maqsadlariga etib, pullarni olishganidan so`ng boshqa maqsadlarda ishlatib, talon-taroj qilishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






