Farg`ona viloyati Beshariq tumanida Mercedes-Benz va Nexia to`qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 1 noyabr kuni soat 07:00 larda Beshariq tumanidan o`tgan 4K 923 avtomobil yo`lida harakatlanib kelayotgan Mercedes-Benz qarama-qarshi yo`nalishga chiqishi oqibatida o`z yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia bilan to`qnashuv sodir etgan. Oqibatda Nexia haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Hozirda tezkor-tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.






