Rossiyaning Samarqanddagi konsulligi 2023 yilda ochilishi mumkin. Bu haqda Federasiyaning mamlakatdagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Danilovga tayanib "Sputnik O`zbekiston" deb yozadi.
Qayd etilishicha, hozirda bu masala faol ishlab chiqilmoqda va Samarqand bu missiya uchun tasodifan tanlanmagan.
"Bu nafaqat mamlakatning ikkinchi yirik shahri, dunyodagi eng yirik sayyohlik markazi, balki yaqinda turli xalqaro forumlar uchun tadbirlar markazi hamdir", — deb qo`shimcha qilgan diplomatik missiya matbuot kotibi.






