AsosiyJamiyat

Toshkentda bir oy ichida oylik yog`inning 2,2 barobari yog`ib o`tdi

'Toshkentda bir oy ichida oylik yog`inning 2,2 barobari yog`ib o`tdi'ning rasmi

O`zgidrometning xabariga ko`ra, oktyabr oyining ikkinchi yarmi poytaxtda seryog`in o`tdi. Birinchi yarmida esa yog`ingarchilik bo`lmadi. Oyning ikkinchi yarmida kuzatilgan yog`inlar oy davomidagi me`yoriy ko`rsatkichdan 220 %ga ko`p bo`ldi. 

Shaharda butun oy davomida 55 mm yog`in tushdi. Yog`inlar 100 % holatda suyuq (yomg`ir) holda yog`di. Bu poytaxtda oxirgi 10 yillikdagi oktyabr oyi uchun eng ko`p qiymatdagi yog`in ko`rsatkichi emas. 2015 yil oylik yog`in shaharda 88 mmni tashkil etgan. 

Poytaxtning kuzatuvlar davrida eng seryog`in oktyabr o`tgan asrning boshiga to`g`ri keladi. 1901 yil oktyabrda Toshkent shahrida oy davomida 119 mm yog`in kuzatilgan.

Butun dunyoda bo`lgani kabi 2016 yildan so`ng O`zbekistonda ham iqlim o`zgarishi, o`zgarish fonida haroratning ko`tarilib borish davri uchun aynan 2022 yilning oktyabr oyi oxirgi 7 yillikning eng seryog`ini bo`ldi.

O`zgidromet bir oy oldin oktyabr oyida yog`ingarchiliklar me`yor va me`yordan ko`p bo`lishini ma`lum qilgandi. Undan tashqari, xizmat markazi oyning birinchi o`n besh kunligi quruq, uchinchi dekadasi esa yog`ingarchiliklarga boy o`tishishini prognoz qilgandi. Uzoq muddatli ob-havo prognozi o`zini oqladi.

    Boshqa yangiliklar