Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki Toshkent shahridagi ba`zi umumiy o`rta ta`lim maktablarida tarkibida giyohvandlik moddalari bo`lgan saqich va shirinliklar tarqatilayotganligi haqida audioxabarlar tarqalmoqda.
Unda ota-onalardan yanada diqqat va ehtiyotkorlik talab qilinib, bu kabi hodisalarga nisbatan ogoh bo`lish so`raladi.
IIBB bo` bo`yicha o`z munosabatini bildirdi. Ma`lum bo`lishicha, Toshkent shahar IIBB mas`ullari tomonidan ushbu maktablarga borib o`rganish o`tkazildi va bu kabi holatlar qayd etilmaganligi aniqlandi.
"Shu o`rinda eslatib o`tamiz, Toshkent shahridagi barcha umumta`lim maktablarida voyaga etmaganlar masalalari bo`yicha inspektor-psixologlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ular tomonidan o`quvchilar o`rtasida turli xil salbiy holatlarni, shuningdek giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki snyus kabi moddalarni iste`mol qilinishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hurmatli ota-onalar! Agar siz farzandingizda biror o`zgarish sezsangiz yoki shunga o`xshash holatlardan shubhalansangiz, bu haqida darhol huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishingizni so`raymiz", — deyiladi xabarda.






