AsosiyJamiyat

O`zbekistonda fors-major holatlarini tasdiqlash bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi

'O`zbekistonda fors-major holatlarini tasdiqlash bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan engib bo`lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanali xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, reglament bilan tashqi savdo bitimlari, xalqaro moliya yoki investisiya kelishuvlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O`zbekistonda boshlangan yoki bo`lib o`tgan engib bo`lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash bo`yicha davlat xizmati ko`rsatish tartibi belgilandi.

Unga ko`ra, fors-major holatlari vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hamda QR-kod bilan rasmiylashtiriladigan elektron shakldagi sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.

Shuningdek, talabgorga sertifikat berish yoki berishni rad etish to`g`risidagi qaror vakolatlari organ tomonidan so`rovnoma qabul qilingan kundan boshlab 13 ish kunida qabul qilinadi.

Sertifikat olish uchun talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • shartnoma, qo`shimcha kelishuv hamda ularning spesifikasiya nusxalarini;
  • shartnoma bo`yicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlarni.

Talabgordan boshqa ma`lumot va hujjatlarni talab qilish qat`iyan taqiqlanadi.

Shuningdek, sertifikat berish uchun BHMning 90 foizi (270 ming so`m) miqdorida yig`im undiriladi. Sertifikat muddatsiz davrga beriladi.

    Boshqa yangiliklar