Omikron shtammining yangi mutasiyalari va bir qancha viruslarning keng tarqalishi Evropa hamda AQShni havotirga solmoqda. Mutaxassislar esa yaqinlashib kelayotgan koronavirus to`lqini haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda "Vaksinauz" "Xabar 24" tayanib xabar bermoqda.
Gap shundaki, COVID-19 asta-sekin chekinayotgan bir paytda Qo`shma Shtatlarda "tridemik" deb ataladigan virus avj olmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda bundan asosan bolalar aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, hozir nafaqat koronavirus, balki boshqa infeksiyalar ham faollashgan.
Ma`lumki, Ispaniya Evropa Ittifoqida kasallanishlar soni bo`yicha birinchi beshta davlatdan biridir. Pandemiya boshlanganidan beri u erda deyarli 14 million holat qayd etilgan. Yuqtirilganlarning aksariyati, ya`ni 36 milliondan ortig`i Fransiyada. U erda niqoblar yoz oxirigacha bekor qilingan edi, endi esa tegishli bo`lim ularni qishda qaytarish taklifini yana ko`rib chiqmoqda. Bundan tashqari, Evropa dorilar agentligi pandemiya rasman tugamaganini ta`kidlamoqda. Evropaliklar kelgusi haftalarda mintaqaga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan infeksiyalarning yangi to`lqini xavfi haqida ogohlantirildi.






