AsosiyJamiyat

“Ukrainaliklarni o`ldiradigan” dronlar Tojikistonda ham ishlab chiqarilmaydi. Gordonning harbiy dronlar bilan bog`liq ayblovlari yana rad etildi

'“Ukrainaliklarni o`ldiradigan” dronlar Tojikistonda ham ishlab chiqarilmaydi. Gordonning harbiy dronlar bilan bog`liq ayblovlari yana rad etildi'ning rasmi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ukrainalik bloger Dmitriy Gordonning harbiy dronlar ishlab chiqarilishi bilan bog`liq ayblovlariga munosabat bildirdi. 

"Biz ukrainalik bloger Dmitriy Gordonning 2022 yil 28 oktabr kungi dasturida Eron tomoni Tojikistonda “ukrainaliklarni o`ldiradigan” dronlarni ishlab chiqargani haqida aytgan so`zlarini rad etamiz.

Biz Tojikiston Respublikasi uchinchi davlatlarga harbiy texnika eksport qilmasligini ta`kidlaymiz.

Biz janob Gordonga bunday izohlarga diqqat bilan yondashishni va tarqatilgan ma`lumotlarning to`g`riligini tekshirishni tavsiya qilamiz.

Shuningdek, Tojikiston tomoniga rasmiy Kievdan ushbu masala bo`yicha hech qanday so`rov kelib tushmaganini ma`lum qilamiz", - deyiladi Tojikiston TIV bayonotida.

Eslatib o`tamiz,  ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon isroillik milliarder Leonid Nevzlin bilan uyushtirgan intervyusida Rossiya tomonidan Ukraina bilan urushda qo`llanilayotgan uchuvchisiz dronlar Eron, Iroq va O`zbekistonda yig`ilayotgani haqida gapirgani o`zbekistonliklar orasida muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Shundan so`ng O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu xabar asossiz ekanini ma`lum qildi. Mazkur bayonotdan so`ng ukrainalik jurnalist o`zbekistonliklardan uzr so`rab chiqdi va u Tojikiston nomini O`zbekiston bilan adashtirib yuborganligini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar