"The Korea Herald" sayti 29 oktyabr kuni Seul shahrining Itaevon ko`chasida sodir bo`lgan fojeada halok bo`lganlarning orasida o`zbekistonlik ham borligi haqida xabar bergan edi.
O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi voqealar oqibatida halok bo`lganlar haqda bayonot berdi.
Ta`kidlanishicha 13:00 holatida mavjud ma`lumotlarga ko`ra, Itaevon ko`chasida sodir bo`lgan mudhish voqeada bir nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etgan.
Elchixona halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirmoqda.






