AsosiyJamiyat

Er oldi-sotdisi bilan bog`liq navbatdagi jinoyat Namanganda fosh etildi

'Er oldi-sotdisi bilan bog`liq navbatdagi jinoyat Namanganda fosh etildi'ning rasmi

Fuqaro D.S.ning Namangan viloyati IIB JQB Er resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo`linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda, D.E. Mingbuloq tumani hududidan “R. K.” fermer xo`jaligiga 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan 2,0 gektar qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan ekin er maydonini 15 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kelishilgan pulni ariza muallifidan firibgarlik yo`li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

    Boshqa yangiliklar