AsosiyJamiyat

Samarqandda qiymati 287,3 mln so`mga baholangan “999,9” probali sof oltinni sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

'Samarqandda qiymati 287,3 mln so`mga baholangan “999,9” probali sof oltinni sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.E. va B.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Sultonobod” MFY hududida fuqaro B.ga og`irligi 474,75 gramm bo`lgan 1 dona oltinga o`xshash sariq rangli quyma metallni  287,3 mln so`mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, 1 dona sariq rangli metallning 469,52 grammi “999,9” probali sof oltin ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar