Ayni paytda davom etayotgan Prezident Shavkat Mirziyoev va Evropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning muzokaralari chog`ida mamlakatimizda so`z erkinligini ta`minlash borasida qilinayotgan ishlarga alohida to`xtalib o`tildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari O`zbekiston so`z erkinligini ta`minlash sohasida Evropa Ittifoqi bilan amalga oshirilayotgan juda yaqin va ochiq hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Ushbu yo`nalishdagi ishlarning natijalarini baholash va ommaviy axborot vositalarini yanada qo`llab-quvvatlash bo`yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.






