AsosiyJamiyat

“Abu saxiy” bozoridagi ko`p qavatli avtoturargohda “Orlando” yonib ketdi

'“Abu saxiy” bozoridagi ko`p qavatli avtoturargohda “Orlando” yonib ketdi'ning rasmi

Bugun “Abu saxiy”buyum bozoridagi ko`p qavatli avtoturargohda avtomobil yonib ketdi. Hodisa bo`yicha Chilonzor tumani hokimligi rasmiy ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 27 oktyabr kuni soat taxminan 6:52 larda  “Toshkent savdo markazi” hududida joylashgan ko`p qavatli avtoturargohning 5-qavatida Boyigitov Aliqo`zi Tillaboldievichga tegishli davlat raqami 01 L 250 VV bo`lgan “Orlando” rusumli avtoulovining dvigatel qismida texnik nosozlik sababli qisqa tutashuv bo`lgan. Natijada, avtoulov kapot ostidagi elektr simlarida yong`in kelib chiqqan.

Mazkur holat “Toshkent savdo markazi” Yong`in xavfsizligini ta`minlash xodimlari tomonidan soat 7:10 larda to`liq   bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida hech kimga zarar etmagan, shuningdek, bino va atrofdagi boshqa avto ulovlarga ham zarar etkazilmaganligi ma`lum buldi.

Hozirda tuman FVB tomonidan avtoturargohda yong`in sabablari va yong`in xavfsizligi holatlari tekshirilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar