O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, tadbirda mintaqamiz mamlakatlarining etakchilari va Evropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.
Sammitda siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.






