AsosiyDunyo

Ukraina tomonidan "iflos bomba" tayyorlash fotosurati Rossiyaning feyki bo`lib chiqdi

'Ukraina tomonidan "iflos bomba" tayyorlash fotosurati Rossiyaning feyki bo`lib chiqdi'ning rasmi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e`lon qilingan Ukrainaning "iflos bomba" tayyorlaganligi haqidagi "dalil" 2010 yilda Sloveniyada olingan surat bo`lib chiqdi. 

Ukrainaning "iflos bomba" yaratish jarayonini aks ettiruvchi fotosurat - bu 24 oktyabr kuni Rossiya TIV tomonidan Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, tvitterda e`lon qilingan - ma`lum bo`lishicha, surat 2010 yilda Sloveniyada olingan. Bu haqdagi tvit Sloveniya hukumati tomonidan 25 oktyabr kuni e`lon qilindi.

Rossiya TIV xabaridagi suratda radioaktiv xavf belgisi bilan belgilangan mazmuni noaniq bo`lgan paketlar ko`rsatilgan. Fotosurat tagida: “Ishlatilgan materiallar: uran-235, plutoniy-239” deb yozilgan.

Sloveniya hukumati 2010 yilda Sloveniya Yadro chiqindilari agentligi tomonidan professional maqsadlarda olingan ushbu fotosuratda “radiasiya manbalari mavjud, ammo fotosurat ostidagi jadvalda ko`rsatilgan radioaktiv materiallardan hech biri yo`q” tutun detektorlari ko`rsatilganligini tushuntirdi. Rasmiy Lyublyananing qo`shimcha qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu suratdan Yadro chiqindilari agentligining xabarisiz foydalangan.

"Sloveniyada radioaktiv chiqindilar xavfsiz va nazorat ostida saqlanadi. U har qanday iflos bombalarni ishlab chiqarish uchun ishlatilmaydi", - deya ta`kidladi mamlakat hukumati.

Eslatib o`tamiz, 23 oktyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Fransiya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQShdagi hamkasblariga qo`ng`iroq qilib, Ukraina go`yoki “iflos bomba” – radioaktiv moddalar yoki chiqindilar bilan to`ldirilgan kallak yoki raketa yordamida provokasiya tayyorlayotgani haqida ogohlantirdi. Rossiya mudofaa vazirligi o`z qo`rquvini o`sha paytda hech qanday dalil bilan tasdiqlamadi.

Ukraina bu ayblovlarni qat`iyan rad etib, ularni "xavfli yolg`on" deb atadi. Prezident Zelenskiy Telegramda. Kiev Ukrainada “iflos bomba” ishlab chiqarilmaganiga ishonch hosil qilish uchun MAGATE inspektorlarini mamlakatga tashrif buyurishga taklif qildi.

 

    Boshqa yangiliklar