Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyotida favqulodda holat yuzaga keldi. Bu haqda "Novosti Tashkenskogo neba" Telegram kanalida xabar qilindi.
Ma`lum qilinishicha, FZ-1942 yo`lovchi reysini amalga oshirayotgan Boeing 737-8KN samolyoti Eron hududidan uchib o`tayotganida operator squawk 7700 signalini bergan. Bu bortda avariya holati yuzaga kelganini anglatadi. Ekipaj belgilangan manzilga yaqin aeroport — Eronning Sheroz shahridagi aeroportga qo`nishga qaror qilgan va samolyot soat 07:36 da muvafaqqiyatli qo`ndirilgan.






