Prezidentimiz muhokama qilingan masalalarning barchasi faqat va faqat xalqimizni rozi qilishga qaratilganini ta`kidladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bois, barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga o`z hududida tibbiyotni rivojlantirishga munosabat va yondashuvini tubdan o`zgartirib, bu masala bo`yicha jiddiy bosh qotirishi kerakligi ko`rsatib o`tildi.
"Biz bugungi kunda inson hayoti, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlashni davlat siyosatining eng ustuvor yo`nalishiga aylantirmoqdamiz.
“Inson – jamiyat – davlat” degan qoidani hayotimizga joriy etmoqdamiz.
Bu borada, hech shubhasiz, tibbiyot g`oyat muhim o`rin tutadi. Bu sohada masalaning katta-kichigi yo`q. Hammasi birdek muhim.
Barcha hokimlar, bu erda o`tirgan rahbarlar eshitib olsin: bir bemor odamni dardiga darmon bo`lib, uning sog`lig`ini tiklasak, hayotga qaytarsak, bilingki, bu bilan butun oilaning baxtini, kelajagini ta`minlagan bo`lamiz", dedi davlatimiz rahbari.
Ayni paytda Prezident respublika tibbiyot markazlari va viloyatlardagi tibbiyot muassasalarining shifikorlari bilan muloqot qilmoqda.
26.10.2022 13:09
Prezident barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga o`z hududida tibbiyotni rivojlantirishga munosabat va yondashuvini tubdan o`zgartirib, bu masala bo`yicha jiddiy bosh qotirishi kerakligini aytdi






