Kollej va texnikumlarda 2022-2023-o`quv yili uchun barcha bosqichdagi o`quvchilarning to`lov-kontrakt miqdorlari 2021-2022-o`quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Bu holat istisno tariqasida amalga oshirilayotgan bo`lib, professional ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan o`quvchilarga qulay sharoitlar yaratish, yoshlarni kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ma`lumot uchun, joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi ta`lim shakli bo`yicha 15 815 nafar o`quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.
Shuningdek, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan o`quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qo`shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.






