Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Hisob palatasi raisi va spiker Akmal Saidov gap talashib qoldi (video)
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi navbatdagi yig`ilishida “O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi ham ikkinchi o`qishda ko`rib chiqildi.
Unda deputatlar tomonidan: "Belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg`armalar ham Palata tomonidan tekshiriladimi",- degan savol berildi.
Hisob palatasi raisi o`rinbosari O`tkir Jumanov: "Biz byudjet mablag`lari ajratilgan jamg`armalarni tekshiramiz, agar topshiriq bo`lsa, hammasini tekshirishga haqqimiz bor. Topshirni kim berilishini yaxshi bilasiz!",- deya javob berdi.
Bu javobga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o`rinbosari Akmal Saidov keskin norozilik bildirgan.
"Topshiriq qonun asosida bo`ladimi, shuni etingda. Parlament huzurida fond bor. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatni qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi jamoat fondi bor. Ularni ham tekshirasizlarmi? Qaysi qonun asosida? Boya ham aytdim. Hisob palatasining vazifasi bitta. Davlat byudjetidan ajratilgan mablag`lardan maqsadli foydalanish. Bundan boshqa narsaga hech qanakqasiga burningizni tiqishga haqqingiz yo`q sizni. Fuqarolik jamiyati, xususiy o`zi tashkil qilishi mumkin. Qachongacha, qonunni bilasizlarmi o`zi? Qaerda gapiryotganingizni biling. Bu er Qonunchilik palatasi. Siz to`g`ringizdagi qonun ham shu erda qabul qilganmiz", — deydi u tutoqib.






