Prezident raisligidagi yig`ilish davom etmoqda.
Mutasaddilarga Qashqadaryoda ijtimoiy sohani yaxshilash maqsadida:
- 13 ta bog`chani qayta qurish hamda 14 ta mahallada yangi bog`cha qurish loyihasini 2023 yil investisiya dasturiga kiritish;
- yil yakuniga qadar 189 ta oilaviy bog`cha tashkil etishga 4,5 milliard so`m, 2023 yilda 380 ta bog`cha tashkil etishga 52 milliard so`m subsidiya ajratish;
- bir oy muddatda “Ona va bola tibbiyot markazi”ni jihozlash bo`yicha loyihani tayyorlash;
- kelgusi ikki yilda Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Koson, Nishon va Chiroqchida qo`shimcha 550 o`rinli tug`ruq komplekslarini tashkil etish;
- yil yakuniga qadar zamonaviy tibbiy uskunalar xaridi uchun 2 milliard so`m ajratib, 21 turdagi yuqori texnologik amaliyotlarni yo`lga qo`yish;
- yil yakuniga qadar Kitob va Qarshi tumanlarida “Yangi O`zbekiston” massivlarini tashkil etish bo`yicha taklif kiritish;
- bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olib, kelgusi o`quv yilidan Finlyandiya ta`lim tizimini joriy etish topshirildi.






