AsosiyJamiyat

2022 yilda Qashqadaryoga 50 ming xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist kelgan

'2022 yilda Qashqadaryoga 50 ming xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist kelgan'ning rasmi

Prezident raisligidagi yig`ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov hududni rivojlantirish ishlari holati va istiqboldagi maqsadlar yuzasidan hisobot bermoqda.

Masalan, 2022 yilning 9 oyida 12,5 mingta yangi tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etilgan, ularning soni 55 mingtaga etgan, ularda 32 mingta yangi ish o`rni yaratilgan.

2023 yilda mahallalarda 15 ta "Obod mahalla" markazlarini tashkil etish, xizmatlar sohasida 6,5 mingta ish o`rni yaratish rejalashtirilgan.

5,2 ming tonna parranda go`shti, 450 tonna baliq go`shti, 18 tonna em ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik parrandachilik majmuasini ishga tushirish mo`ljallanmoqda. Qarshi shahrida loyiha qiymati 20 million dollarlik biznes markazini barpo etish ko`zda tutilgan.

Viloyatga 50 ming nafar xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist tashrif burgan. "Sahrodan-muzlikkacha" turizm magistralini yaratish rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar