AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qasim-Jomart Toqaevga tabrik yo`lladi

'Shavkat Mirziyoev Qasim-Jomart Toqaevga tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevga ushbu mamlakatning milliy bayrami - Respublika kuni munosabati bilan tabrik yo`lladi.

Davlatimiz rahbari o`zbekistonliklar qardosh Qozog`iston xalqining quvonchiga samimiy sherik ekanini ta`kidlab, Qasim-Jomart Toqaevga mustahkam salomatlik, mas`uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Qozog`iston xalqiga esa farovonlik, baxtu saodat va doimiy ravnaq tiladi.

    Boshqa yangiliklar