AsosiyJamiyat

Toshkentda 80 ming AQSh dollariga baholangan noqonuniy er oldi-sotdi savdosiga chek qo`yildi

'Toshkentda 80 ming AQSh dollariga baholangan noqonuniy er oldi-sotdi savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Fuqaro G.K.ning O`zbekiston Respublikasi IIV Er resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo`limiga qilgan murojaatiga asosan, Bosh prokuratura hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, R.Yu. Zangiota tumani hokimining 27.12.2012 yildagi qarori bilan "O`rtasaroy" mahallasi hududidagi fuqaro S.Yu.ga 30 yil muddatga ijara asosida ajratilgan jami 1,0 gektar lalmi er maydonini 80 ming AQSh dollariga sotishga hamda hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishga va`da berib, kelishilgan pullardan 10 ming AQSh dollarini ariza muallifidan firibgarlik yo`li bilan olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan R.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

    Boshqa yangiliklar