Bugun kunduz Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, respublikaning qolgan hududlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 15-20° bo`ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon yomg`ir yog`adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.






