Ertaga, 25 oktyabr kuni Mirobod, Yashnobod tumanlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati bu haqda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu vaqt davomida ta`mirlash ishlari olib boriladi.
Xususan, Mirobod tumani, Vodil ko`chasida joylashgan gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgani aytilmoqda. Shu sababli 2022 yil 25 oktyabr kuni soat 10:00 dan Mirobod tumani, Qo`shko`prik, Farg`ona. yo`li, Nukus 1-tor, Kichik xalqa avtomobil yo`li ko`chalaridagi 400 ta xonadonlarda, Yashnobod tumani, Bakiniskiy, Qashqadaryo, Mirg`ob, Farg`ona yo`li, Obod makon, Elbek ko`chalaridagi 2 206 ta xonadonlarda hamda ushbu manzillardagi 41 ta ulgurji tashkilotlarida ta`mirlash ishlari tugaguniga qadar tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
1. Davlat tashkilotlari-15 ta
2. Ishlab chiqarish korxonalari-7 ta
3. Maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchasi-8 ta
4. Sport majmuasi-4 ta
5. Umumiy ovqatlanish shoxobchasi-4 ta
6. Nonvoyxona-3 ta.
"Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi. "Hududgaz Poytaxt" etkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi", — deyiladi xabarda.






