AsosiyDunyo

"Isroil Ukraina bilan muhim razvedka ma`lumotlarini bo`lishgan"

'"Isroil Ukraina bilan muhim razvedka ma`lumotlarini bo`lishgan"'ning rasmi

Isroil Ukrainaga Eron tomonidan Rossiyaga etkazib berilgan dronlarga qarshi kurashish uchun zarur bo`lgan razvedka ma`lumotlarini taqdim etdi. Bu haqda "The New York Times"ga tayanib "Zamon.uz" cayti  xabar berdi

Qayd etilishicha, o`tgan seshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Isroil hukumatiga Kievni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan zudlik bilan ta`minlashni so`rab rasmiy nota yuborishini ma`lum qilgan. Ertasi kuni Isroil mudofaa vaziri Beni Gans  Isroil  NATO davlatlari bilan birgalikda Ukrainani qo`llab-quvvatlashini, ammo “operativ sabablarga ko`ra” hali ham Kievni qurol-yarog` bilan ta`minlash niyatida emasligini aytgan.

Shuningdek, Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlar elchilari bilan uchrashuvda nutq so`zlagan vazir Isroil Kievga insonparvarlik yordami va noharbiy texnika etkazib berishda davom etishini ta`kidlab o`tdi.

Avvalroq Rossiya va Eron rasmiylari bir qator G`arb OAVlarining Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga Eron dronlari etkazib berilishi haqidagi da`volarini rad etgan edi. RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov armiya mahalliy ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlardan foydalanishini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar