“Innoweek.uz 2022” innovasion g`oyalar haftaligi doirasida Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi, Vena tibbiyot universiteti hamkorlikda “Qiyosiy tibbiyotning dolzarb mavzulari: SARS-CoV-2va molekulyar allergologiya” mavzusida seminar o`tkazildi.
Tadbirda SARS-CoV-2 virusiga qarshi xususiyatga ega bo`lgan “immun” sut bo`yicha taqdimot o`tkazildi. Shuningdek allergenga xos terapiyani individual tanlash, oziq-ovqat mahsulotidagi allergen belgilari, allergik o`simliklarning changlarini kuzatish mavzulari bo`yicha Vena tibbiyot universiteti tibbiyot fanlari doktori, professor Viktoriya Garib va Xalqaro molekulyar allergologiya markazi direktor o`rinbosari tibbiyot fanlari doktori, dosent Gulnora Jambekova ma`ruza qildi.
Tadbir yakunida SARS-CoV-2 virusiga qarshi immunli sut mahsulotlari degustasiyasi o`tkazildi.






