Sirdaryo viloyatidagi harbiy omborda sodir bo`lgan portlash haqida prezidentga xabar berildimi? Mazkur savolga Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistlar ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda javob berdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" jurnalisti.
Ma`lum qilinishicha, harbiy omborda sodir bo`lgan portlash haqida prezident Shavkat Mirziyoevga o`sha vaqtning o`zidayoq xabar berilgan.
“Umuman bunday holatlarda har doim davlat rahbariga tezkorlik bilan axborot beriladi. Bosh vazir o`rinbosari Ramatov va viloyat hokimi boshchiligida maxsus komissiya tuzilgan. O`sha kunning o`zidayoq mas`ullarga hodisa yuzasidan topshiriqlar berilgan. Etkazilgan zararlar o`rganib chiqilib, oxirgi sutkaning o`zida 10 ming kv. metrdan ziyod oynalar etkazib berildi, undan tashqari tadbirkorlarning zarar etkazilgan profnastil tomlari yangilab berildi. Jarohatlanganlarga kelsak, 17 kishi jarohatlangan bo`lib, hozirda ularning 7 nafari shifoxonada va ularning barchasi harbiylar. Aholi orasida jabrlanganlar yo`q. Hozirda hodisa bo`yicha tekshirish ishlari davom etmoqda. Holat davlatimiz rahbari nazoratida.”, - dedi Asadov.






