Xammamizga ma`lum, joriy yilning 1 yanvardan boshlab xarid chekini "Soliq" mobil ilovasidan ro`yxatdan o`tkazib, xarid uchun sarflagan mablag`imizning 1 foizini yana hamyonimizga qaytarib olmoqdamiz.
Soliq qo`mitasi fuqarolarga keshbek summalari qachon tasdiqlanishini yana bir bor eslatmoqda.
Fiskal belgili xarid cheki Soliq mobil ilovasi orqali skaner qilinganda "Chek muvaffaqiyatli ro`yxatdan o`tkazildi. Keshbek summasi keyingi oyning 25-sanasidan so`ng to`lab beriladi" xabar paydo bo`ladi.
Shu bois, sentyabr oyida ro`yxatdan o`tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek oktyabr oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.






