AsosiyJamiyat

Surxondaryoda qidiruvdagi shaxs YHXB xodimini kaltakladi

'Surxondaryoda qidiruvdagi shaxs YHXB xodimini kaltakladi'ning rasmi

Surxondaryoning Boysun tumanida qidiruvdagi shaxs viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimini kaltakladi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 11:50 larda Boysun tumani, Hunarmandlar mahallasida yashovchi 1977 yilda tug`ilgan A.H. o`zining Nexia rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotganda, tumandagi Tuzbozor mahallasidan o`tuvchi avtomobil yo`lida viloyat IIB YHXB katta inspektori serjant I.Pardaev uni to`xtatgan. Xodim tegishli tartibda o`ziga biriktirilgan planshetga o`rnatilgan “baza” orqali A.H.ning shaxsini tekshirib, unga nisbatan qidiruv e`lon qilinganligini bilib, uni Boysun tuman IIBga olib bormoqchi bo`lganida, A.H. YHXB xodimining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, unga qarshilik qilib, urib “engil tan jarohati” etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra, A.H.ga nisbatan nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 1-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar