Toshkent shahrida 2 nafar bolali oilalar katta ulushni tashkil etadi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlarida aks etdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr holatiga Toshkent shahrida 16 yoshgacha bolali uy xo`jaliklari 66,2 %ni tashkil etadi.
Shundan:
— bir bolalilar – 19,4 %
— ikki bolalilar – 21,9 %
— uch bolalilar – 17,8 %
— to`rt va undan ko`p bolalilar – 7,1 %
Kuzatuv natijalariga ko`ra, 33,8 % uy xo`jaliklarida 16 yoshgacha bo`lgan bolalar mavjud emas.






