848 mln. so`mlik tovarlarni hujjatlarda ko`rsatmasdan olib kirishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi hamda “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yurtimizga kirib kelgan “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
O`tkazilgan bojxona ko`rigi natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko`rsatilmagan qiymati 848 million. so`mlik 403 200 dona bayram shamlari hamda 832 kg, “Rezinove nit” tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






