"O`zgidromet" xabariga ko`ra, ertaga respublika hududining katta qismiga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. O`zbekiston bo`yicha quruq ob-havo bo`ladi, harorat foni yana ko`tariladi va kechasi 7-12°iliqni tashkil etadi, kunduzi havo 25-27° gacha, janubda 29° gacha isiydi, bu me`yordan biroz yuqoridir
Respublika shimoliga esa Volga bo`yi hududlaridan antisiklon kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, buning hisobiga ushbu hududlar bo`yicha kunduzi havo harorati 13-15° gacha pasayadi.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir qorga aylanadi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Bunday ob-havoni antisiklon belgilaydi va respublikaning barcha hududlari uning ta`siri ostida bo`ladi. Havo harorati kechasi 9-14° iliq bo`ladi, kunduzi 12-15° gacha pasayadi, bu ushbu kunning o`rtacha iqlimiy me`yoridan 8-10° ga pastdir.
21-22-oktyabr kunlari shimolda va cho`l hududlarda, 23-oktyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi kutilmoqda.






