AsosiyDunyo

Ilon Mask Ukrainadagi mojaroni to`xtatishning yana bir imkonini aytdi

'Ilon Mask Ukrainadagi mojaroni to`xtatishning yana bir imkonini aytdi'ning rasmi

SpaceX asoschisi Ilon Mask Twitter'da Ukrainadagi mojaroni to`xtatishning yana bir imkonini aytdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

U buning uchun AQSh Kievni endi Qrimni qaytarib bo`lmasligiga ko`ndirishi kerakligi haqida yozgan odamga javob qaytarib, "eng ko`p hollarda murosa eng to`g`ri echim" ekanini aytdi.

Yuqoridagi taklif muallifi esa tadbirkor va investor Devid Oliver Saks. U Qrim bo`yicha murosadan tashqari yana 2 echim borligini yozdi. Bular: "doimiy urush" va "yadro urushi".

Bunga javoban Mask: "Juda ko`p hollarda murosa eng to`g`ri echim bo`ladi, faqat masala bungacha qancha odam halok bo`lishi va qancha yo`qotishlar bo`lishida", - deb yozdi.

Mask Ukrainadagi holat bo`yicha faol fikr bildirib kelayotganlardan. Oktyabr oyi boshida tadbirkor Ukraina va Rossiya o`rtasidagi “tinchlik” bo`yicha o`zining formulasini taklif qilgan. U bahsli hududlarda BMT nazorati ostida referendumlar o`tkazish, Qrimdan voz kechish va neytral maqomni taklif qilgan.

    Boshqa yangiliklar