O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, kelayotgan haftada O`zbekistonda harorat pasayib yog`ingarchilik kuzatiladi.
Ma`lum qilinishicha, 22-26 oktyabr kunlari O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so`ngra Volga bo`yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi.
22 oktyabrda Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi.
23-26 oktyabr kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.
21-22 oktyabr va 25 oktyabr kunlari shimolda va cho`l hududlarda, 23 oktyabr va 26 oktyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, 26 oktyabrda ba`zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin.
Respublika bo`yicha havo harorati me`yordan 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.






