AsosiyJamiyat

Qibrayda 90 gektar erni 30 ming dollarga baholandi...

'Qibrayda 90 gektar erni 30 ming dollarga baholandi...'ning rasmi

Toshkent viloyati Qibray tumanida fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga go`yoki O`rtachirchiq tumani qurilish bo`limida ishlovchi tanishlari orqali “Istiqlol” mahallasidagi erni olib berishga ishontrgan. Bu erning maydoni 90 gektarga teng bo`lgan. Uni ausion orqali 49 yil muddatga foydalanish uchun yutib bermoqchi bo`lib, 30 000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Buxoro viloyatida fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, Buxoro tumani, “Kulonxona” mahallasidagi o`zi noqonuniy foydalanib kelgan zaxiradagi 8 sotix er maydonini tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan. Buning evaziga undan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar