Markaziy bank xabar berishicha, 1 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonning sof xalqaro oltin-valyuta zaxiralari o`tgan oyga nisbatan 583,8 mln dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, O`zbekiston sof xalqaro zaxiralari 2022 yil boshiga nisbatan 1,64 mlrd dollarga ya`ni 4,7 foizga kamaydi. Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar hajmi 541,9 mln dollarga qisqarib, 11,5 mlrd dollarga etdi.
Shuningdek, oltin zahiralarining qiymati 24,9 mlrd dollargacha kamaydi. Shunga qaramay, ularning fizik hajmi 0,2 mln troy unsiyaga (5,6 tonna) oshib, 12,5 mln troy unsiyaga (taxminan 354,3 tonnaga etdi.
O`zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 1,64 mlrd. dollarga yoki 4,7 foizga kamaydi.
Bunda oltin narxining yil boshidagi 1 mlrd 799,2 mln dollardan 1 mlrd 672,7 mln dollargacha pasayishining ta`siri 1,59 mlrd dollarni tashkil qildi.






