AsosiySport

La Liga to`xtatilishi mumkin!

'La Liga to`xtatilishi mumkin!'ning rasmi

Ispaniya chempionati yangi sport qonunlari tufayli to`xtatilishi mumkin. La Liga prezidenti Xaver Tebas 27 oktyabr kuni La Liga va Segunda klublarining navbatdan tashqari yig`ilishida 28 oktyabrdan boshlab musobaqani to`xtatish masalasini ko`rib chiqishini ma`lum qildi. 

Xabar berilishicha, mazkur to`xtalishga ispan klublarining yangi sport qonuni tufayli vujudga kelishi mumkin. Ushbu qonun Ispaniya klublariga ichki chempionat bilan birgalikda Evropa Superligasida ishtirok etish huquqini beradi. 

Vujudga keladigan o`zgarish tufayli klublar CVC investisiya fondi bilan kelishuv bekor bo`lishidan qo`rqmoqda. Unga ko`ra, jamoalar ushbu kelishuvdan 2 milliard evro foyda olishi kutilyapti. 

"El Mundo" nashrining ma`lum qilishicha, Ispaniyaning 42 ta (La Liga hamda Segunda) klubidan 39 tasi qarshi chiqqan. Bundan "Barselona", "Real" hamda "Atletitik" mustasno. 

    Boshqa yangiliklar