Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bugun, 20 oktyabr kuni Kievga tashrif buyurgan Shveysariya prezidenti Ignasio Kassis bilan uchrashdi. Bu haqda xorijiy nashrlar xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, ikki davlat rahbarlari, asosan, Rossiya bosqiniga javoban keyingi hamkorlik haqida so`z yuritishgan.
"Shveysariya prezidenti Ignazio Kassisni qutlayman. Bu tashrif butun qit`amiz va insoniyat xavfsizligiga tahdid solayotgan paytda betaraflikni saqlab qolishning iloji yo`qligidan dalolat beradi. Muzokaralarimizning asosiy mavzusi - Rossiya "terroriga "javoban kelgusida hamkorlik qilish. Rahmat" - deydi Ukraina prezidenti.






