AsosiyDunyo

"Rossiyaga qaramlikdan qutuldik"

'"Rossiyaga qaramlikdan qutuldik"'ning rasmi

Olaf Shols Germaniya endi Rossiya gaziga qaram emasligini aytdi. Uning so`zlariga ko`ra, Berlin hozirda energiya narxini pasaytirish, jumladan, boshqa davlatlar bilan gaz etkazib berish bo`yicha yangi shartnomalar tuzish ustida ishlamoqda. "Zamon.uz" sayti bu haqda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bundestagdagi nutqi davomida kansler Evropa Ittifoqi gaz iste`molini 15 foizga kamaytirish bo`yicha kelishuvga erishganini eslatdi.

"Biz bu qaramlikdan xalos bo`ldik va qishga yaxshi tayyorgarlik ko`rgan holda kiryapmiz”, — dedi janob Shols.

Fuqarolarga energiya tejaganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, “biz birgalikda gaz sarfini 20 foizga kamaytirishga harakat qilamiz”, — deb ta`kidlaydi u.

Germaniya hukumati rahbariningqo`shimcha qilishicha, Evropa pandemiya jamg`armasi mablag`lari energiya inqirozini engish uchun ishlatilishi kerak.

    Boshqa yangiliklar