AsosiyJamiyat

Buxoroda quroldan yaralangan ayolning ikkala oyoqlari maydalanib ketdi

'Buxoroda quroldan yaralangan ayolning ikkala oyoqlari maydalanib ketdi'ning rasmi

Hodisa joriy yilning 19 oktyabr kuni taxminan soat 09:30 larda Olot tumani “Davlatboy” mahallasida sodir bo`lgan.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qilishicha,  shu mahallada yashovchi fuqaro turmush o`rtog`i bilan Buxoro shahriga borish maqsadida qo`shnisining “Neksiya-3” avtomashinani gaplashadi. Er-xotin mashina orqa o`rindig`iga o`tirayotgan vaqtida, avtomashina egasi tomonidan orqa o`rindiqda qoldirilgan “TOZ-20” rusumli 20 kalibrli o`qotar ov quroli o`z-o`zidan otilib ketadi. Natijada ayolning ikkala oyoqlari boldir suyaklarini ochiq maydalanib sinishiga sabab bo`lgan.

Qurol haydovchi nomiga rasmiylashtirilgan bo`lib,  uni saqlash va olib yurish qoidalariga rioya qilinmagan. 

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasai Jinoyat Kodeksining 249-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar