Jizzaxdan o`tgan poezd yo`ilda ketayotgan teplovoz yuk mashinasi bilan to`qnashdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 20 oktyabr kuni soat 00.18 da Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi temir yo`l kesishmasida yuk poezdi “Shasman” rusumli yuk mashinasi bilan to`qnashdi. Oqibatda teplovoz izdan chiqib ketgan, yuk mashinasi esa ag`darilgan. Jizzax-2 — Chamanzor temir yo`l bekatlari oralig`ining 3550- kilometri, 6- to`sig`ida joylashgan qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmasida ro`y bergan ushbu hodisaga yuk mashinasi haydovchisining yo`l harakati qoidalariga amal qilmay yo`lning chap tarafidan hamda svetoforning qizil chirog`i taqiqiga qaramasdan harakatlanganligi sabab bo`lgan.
Hodisa tufayli teplovozning 2 nafar mashinisti tibbiy yordam oldi, shuningdek “Shasman” haydovchisi shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






