Bo`stonliq tumanida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyatida sportning velosport-shosse turi bo`yicha “O`zbekiston kubogi” musobaqalari o`tkazilishi munosabati bilan 2022 yilning 20-21 oktyabr kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar Bo`stonliq tumani Toshkent-Chorbog` yo`nalishining 34-kmdan boshlab 47-km. ga qadar, 22 oktyabr kuni soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 34-kmdan 75-km. ga qadar avtotransport vositalari harakati cheklanadi.






